Eze Tottenhem darvozasiga dubl qayd etdi

Eze Tottenhem darvozasiga dubl qayd etdi
Shimoliy London derbisida "Arsenal" va "Tottenhem" jamoalari o'rtasidagi o'yinda ikkinchi bo'lim juda faol boshlandi. Eberechi Eze "Tottenhem" darvozasiga gol urib, "kanonirlar"ning ustunligini uch to'pga yetkazdi – 3:0.

Shu tariqa, ingliz futbolchisi o'yinda dubl qayd etdi. U avvalroq, uchrashuvning 41-daqiqasida ham gol muallifi bo'lgan edi.

Shuningdek, "Arsenal"ning yana bir goli Leandro Trossar tomonidan kiritildi. Eslatib o'tamiz, yoz faslida Eze "Tottenhem" futbolchisiga aylanishi mumkin edi va transfer kelishuvi ehtimoli juda yuqori bo'lgan.

Biroq "Arsenal" "Kristal Pelas" yulduzini o'z safiga qo'shib olishga muvaffaq bo'ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.