Koke 700-martta Atletiko safida maydonga tushdi

Koke 700-martta Atletiko safida maydonga tushdi
Madridning "Atletiko" jamoasi "Xetafe" ustidan minimal hisobda gʻalaba qozonib, Ispaniya chempionati turnir jadvalidagi toʻrtinchi oʻrnini mustahkamladi. Shu bilan birga, argentinalik mutaxassis Diyego Simeone shogirdlari jamoaning faxriy futbolchisi Kokening muhim yubileyini nishonlashdi.

U "Atletiko" safida 700-oʻyinini oʻtkazdi. Bu koʻrsatkich barcha musobaqalarni oʻz ichiga oladi, yaʼni Koke "matraschilar" libosida maydonga tushgan barcha oʻyinlar hisobga olingan.

Eslatib oʻtamiz, Koke 2009-yildan buyon Madrid klubida toʻp surmoqda va u oʻzining butun futbol faoliyatini ushbu jamoaga bagʻishlagan. Hozirda futbolchi 33 yoshda.

Chempionatning navbatdagi uchrashuvida "Atletiko" "Oviedo"ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.