Xabi Alonso "Real"ning durangiga izoh berdi

Xabi Alonso "Real"ning durangiga izoh berdi
Madridning "Real" klubi La Liganing 13-turida "Elche"ga qarshi safardagi o‘yinida g‘alaba qozona olmadi (2:2). "Qirollik klubi" ikki bor hisobda ortda qolgan bo‘lsa-da, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida muvozanatni tikladi.

87-daqiqada qutqaruvchi golni Jud Bellingem kiritdi. "Bu futbol.

So‘nggi paytlarda natijalarimiz kutilganidek emas, bundan norozi bo‘lsak-da, oldinda hali ko‘plab o‘yinlar bor. Jamoa ruhiy jihatdan kuchsizlanmagan – kurashni davom ettiryapmiz.

Har bir o‘yinning o‘z konteksti bor. Biz o‘zimizga tanqidiy qaraymiz va yanada yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerakligini yaxshi bilamiz.

Muammolarga to‘g‘ri javob berish muhim," – deya taʼkidladi "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso matbuot anjumanida. Madrid jamoasi 32 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Undan keyingi o‘rinlarda "Barselona" (31 ochko), "Vilyarreal" (29 ochko) va "Atletiko" (28 ochko) joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.