Bergomi: "Inter yaxshi o'ynadi"

Bergomi: "Inter yaxshi o'ynadi"
Milan "Inter"ining sobiq yulduzi, 80-90-yillar mashhur futbolchisi Juzeppe Bergomi kechgan derbi o'yinini izohladi. Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa o'yin davomida tashabbusni qo'lga oldi, biroq shunga qaramay mag'lubiyatga uchradi.

Shunga qaramasdan, Bergomi "Inter"ning o'yinini munosib deb hisoblaydi. "Inter" derbida mag'lub bo'ldi, ammo oʻyin mazmunli o'tdi.

Hammamiz bilamizki, "Inter" uchun zich himoyani yorib o'tish har doim qiyin bo'lgan. Jamoa urilmagan penaltidan aziyat chekdi", - deydi Bergomi fcinter1908.it nashriga.

Milan "Inter"i uchun bu mavsumdagi to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi. Keyingi turda jamoa "Piza" bilan to'qnash keladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.