Real Madridda Arda Gyuler muammosi

Real Madridda Arda Gyuler muammosi
Real Madrid yarim himoyachisi Arda Gyuler "Elche"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo jamoaga 2:2 hisobidagi durangdan qochishga yordam bera olmadi. 20 yoshli futbolchi 64-daqiqagacha maydonda harakat qildi va keyin almashtirildi.

Jurnalist Xorxe Pikonning ma'lumotlariga ko'ra, "Real"da, jumladan bosh murabbiy Xabi Alonsoning fikricha, yosh turkiyalik hozircha jamoaning murakkab o'yinlarida yetakchilik qilishga tayyor emas. Bungacha Xabi Alonsoni ham shunga o'xshash tanqidlar bilan ayblashgan edi.

Arda Gyuler joriy mavsumda "Real" safida 17 o'yinda uchta gol urib, oltita golli uzatma amalga oshirdi. La Liga turnir jadvalida "Real Madrid" va "Barselona" orasidagi farq endi bitta ochkoga qisqardi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.