Karrager "Arsenal" futbolchisidan uzr so'radi


Mashhur \"Liverpul\"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager \"Arsenal\" hujumchisi Eberechi Ezeni maqtadi. Uning xet-triki yakshanba kungi Premer-liga uchrashuvida \"Tottenhem\" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g\'alabada asosiy rol o\'ynadi.
27 yoshli futbolchi \"Tottenhem\"ga qarshi 12-tur doirasidagi uchrashuvda 41, 46 va 76-daqiqalarda gol urib, jamoasini yirik g\'alabaga olib chiqdi. \"Eze \"Arsenal\"ga o\'tganida, u o\'yinlarning natijasini o\'zi o\'zgartira olmaydi, deb o\'ylagandim.
Mening xatom edi. Bu transferning naqadar muhimligini anglamagan ekanman.
Eze haqiqatdan ham jamoaga katta ta\'sir o\'tkaza oladi va hatto chempionlikni olib kelishi mumkin\", – dedi Sky Sports eksperti Karrager London derbisi haqida o\'z fikrini bildirar ekan. \"Arsenal\" Eberechi Ezeni joriy yilning avgust oyida \"Kristal Pelas\"dan 70 million yevro evaziga sotib olgan edi.













