Aleksandr Isakdan "Liverpul" uchun antirekord

Aleksandr Isakdan "Liverpul" uchun antirekord
Shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isakning "Liverpul" klubiga qimmat transferi hozircha kutilgan natijalarni bermayapti. Futbolchi mersisaydliklar tarixida antirekord oʻrnatdi.

Isak Angliya Premer-ligasi tarixida "Liverpul"ning asosiy tarkibida ilk toʻrtta uchrashuvida magʻlubiyatga uchragan birinchi futbolchi boʻldi. Eslatib oʻtamiz, Aleksandr Isak oʻtgan transfer oynasida "Nyukasl"dan "Liverpul"ga oʻtgan edi.

Uning oʻtishi uchun klub taxminan 130 million yevro sarflagan. Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi Angliya Premer-ligasida beshta oʻyinda maydonga tushib, bir golga uzatma yozib qoʻydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.