Hindistonda Maradona haqida multserial yaratiladi

Hindistonda Maradona haqida multserial yaratiladi

Hindistonda Maradona haqida multserial yaratiladi
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Armando Maradonaning hayoti haqida multserial suratga olinadi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, loyiha Hindistonning Reliance Entertainment media kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya Maradona shaxsiga oid barcha intellektual mulk huquqlarini sotib olgan.

Serialda Maradonaning bolalikdan boshlab jahon miqyosidagi shon-shuhratgacha bo‘lgan hayot yo‘li tasvirlanadi. Unda uning faoliyatidagi muhim voqealar, shaxsiy kechinmalari va qoldirgan chuqur madaniy izlari namoyish etiladi.

Ayni paytda loyiha ishlab chiqish bosqichida. Yaqin kunlarda ijodiy jamoa va premyera sanasi haqida batafsil ma’lumot e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.