Xabi Alonso: Yulduz futbolchilar bilan ishlash haqida

Xabi Alonso: Yulduz futbolchilar bilan ishlash haqida
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘tkazilgan matbuot anjumanida futbolchilar bilan ishlash bo‘yicha savollarga javob berdi. - Katta yulduz futbolchilar bilan ishlash qiyinmi?

- Ular talabchan va professional. Ha, ba’zida muayyan holatlar yuzaga keladi, lekin aynan shu sifatlar ularni o‘z darajasiga olib chiqadi.

Murabbiy sifatida ularga moslashish kerak. - "Real"ni ko‘pincha futbolchilarning klubi, murabbiylarning emas, deb aytishadi.

Siz bu haqda qanday fikrda? - Har qanday jamoada asosiy e’tibor futbolchilarga qaratiladi.

Muhimi – ularning sifati, munosabati va tayyorgarligi. Biz ularga yordam berish uchun bor kuchimizni sarflashimiz lozim.

- Futbolchilar murabbiyga qarshi chiqishi mumkinmi? - Futbolchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak.

Bu mavzuni kengaytirishni istamayman. Men kiyinish xonalaridagi muhitni va tashqi shovqinlar bilan qanday yashashni yaxshi bilaman.

Bunday vaziyatlar bizni yo‘ldan chalg‘itmasligi kerak. So‘nggi o‘yinlarda natijalar biz xohlagan darajada bo‘lmadi, lekin tanlangan yo‘ldan chekinmaslik zarur.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.