Maktominay: "Ikkinchi bo‘limda kuchaydik"

Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turi o‘yinlari boshlandi. Italiyaning "Napoli" jamoasi o‘z maydonida "Kayrat"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Joriy mavsumda neapolliklarning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan Skott Maktominay o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, "Napoli" ilk bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi.
"Dastlabki yigirma daqiqa juda qiyin o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda kuchayishga erishdik.
Men jamoaga yordam berishni xohlayman. Antonio Konte menga talabchan yondashmoqda va o‘yinimdan katta umid kutmoqda", – dedi Maktominay calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.
Chempionlar ligasining navbatdagi turida "Napoli" Lissabonning "Benfika" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Joriy mavsumda neapolliklarning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan Skott Maktominay o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, "Napoli" ilk bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi.
"Dastlabki yigirma daqiqa juda qiyin o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda kuchayishga erishdik.
Men jamoaga yordam berishni xohlayman. Antonio Konte menga talabchan yondashmoqda va o‘yinimdan katta umid kutmoqda", – dedi Maktominay calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.
Chempionlar ligasining navbatdagi turida "Napoli" Lissabonning "Benfika" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













