Roberto Martines: "Chelsi" "Barselona"dan kuchliroq edi

Roberto Martines: "Chelsi" "Barselona"dan kuchliroq edi
Londonning "Chelsi" jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida "Barselona" ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi. Enso Mareska boshchiligidagi jamoa birinchi bo‘lim oxirida raqib maydonchidan bir futbolchi chetlatilganidan unumli foydalanib, uchta javobsiz gol urdi.

Shunga qaramay, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesning fikricha, "Chelsi" raqibidan avvaldan kuchliroq edi. "Qizil kartochka bilanmi yoki usiz, "Chelsi" ancha kuchli edi.

Jamoa butun oʻyin davomida ustunlik qildi. Bu oʻyindan chiqarilgan futbolchi faqat umumiy taassurotni bir oz buzdi", – dedi Martines BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

Chempionlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi turida "Chelsi" Bergamoda mahalliy "Atalanta" bilan bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.