Brant: 4:0 hisobdagi gʻalaba muhim edi


Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida Dortmundning \"Borussiya\" jamoasi oʻz maydonida \"Vilyarreal\"ni 4:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu natija haqida nemis klubining yarim himoyachisi Yulian Brant oʻz fikrlarini bildirdi.
\"Birinchi gol juda katta ahamiyatga ega boʻldi. Tanaffusdan keyin oʻyinni kuchaytirib, gol urishni boshladik.
Bunday oʻyinlarda murakkab lahzalar boʻladi, lekin bu futbolning bir qismi. Kuchli jamoalar ustidan gʻalaba qozonish oson emas\", — dedi Brant UEFA matbuot xizmati orqali.
Mazkur gʻalabadan soʻng Nikko Kovach boshchiligidagi jamoa 10 ochko toʻplab, UEFA Chempionlar ligasi guruh jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













