Keldan Shlotterbek haqida mish-mishlarga javob

Keldan Shlotterbek haqida mish-mishlarga javob

Keldan Shlotterbek haqida mish-mishlarga javob
Dortmundning \"Borussiya\" sport direktori Sebastyan Kel jamoa himoyachisi Niko Shlotterbek va klub o\'rtasida yangi shartnoma bo\'yicha kelishmovchiliklar borligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi. \"Bu haqda o\'qiganimda hayratda qoldim va ko\'p kuldim.

Shlotterbek bilan birga bu mish-mishlarga kulib qo\'ydik. Biz Shlotterbek uchun jozibali sharoitlar yaratishga harakat qilmoqdamiz.

Oxir-oqibat, u muvaffaqiyatga erishishni va sovrinlar uchun kurashishni xohlaydi, bu bizning ham maqsadimiz. Shuningdek, biz uning moliyaviy kutganlarini ham qondirishni xohlaymiz.

Umid qilamizki, u ijobiy qaror qabul qiladi\", - dedi Kel Neue Westfälische nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Shlotterbekning \"arilar\" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchiga \"Bavariya\", \"Manchester Yunayted\" va \"Barselona\" qiziqish bildirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.