Uch futbolchi Xabi Alonsodan norozi

Uch futbolchi Xabi Alonsodan norozi
Madridning "Real" klubi uch nafar futbolchisi bosh murabbiy Xabi Alonsoning jamoadagi boshqaruv uslubidan norozi ekanliklarini bildirganlar. Ushbu roʻyxatda himoyachi Ferlan Mendi hamda hujumchilar Rodrigo va Endrik bor.

Ushbu futbolchilar kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlib, ular tez-tez transfer mish-mishlarining markazida boʻladilar. Transfer News Live manbasining COPE maʼlumotiga tayanib xabar berishicha, bu norozilik yanvar oyida ushbu uch futbolchining "Real"ni tark etishiga sabab boʻlishi mumkin.

Ularning transfer narxlari kutilganidan past boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Avvalroq matbuotda Endrikning yanvar oyida ijaraga asosida "Lion" klubiga oʻtishi ehtimoli yuqori ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib oʻtamiz, chorshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi doirasida safarda "Olimpiakos"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvni matnli translyatsiya orqali kuzatishingiz mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.