Arsenal Gabriel Jezusni sotishga tayyorlanmoqda

Arsenal Gabriel Jezusni sotishga tayyorlanmoqda
Londonning "Arsenal" klubi hujumchi Gabriel Jezusning kelajagi borasida qaror qabul qildi. Braziliyalik futbolchi tizzasidan olgan jiddiy jarohatdan soʻng yaqin orada safga qaytishi kutilmoqda.

Shunga qaramay, "kanonirlar" uni qishki transfer oynasida sotishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri Football Insider manbasiga tayanib xabar berdi.

Jezusning sotilishi "Arsenal" byudjetini yangi oʻyinchilar bilan kuchaytirish uchun qoʻshimcha mablagʻ bilan taʼminlaydi. Hujumchining boshqa klubga oʻtishi esa unga muntazam oʻyin amaliyoti va 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini yaratadi.

Transfermarkt portali 28 yoshli Gabriel Jezusning transfer qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.