Podolski: Arsenal chempionlikka loyiq

Podolski: Arsenal chempionlikka loyiq
Arsenal va Bavariya klublarining sobiq hujumchisi Lukas Podolski London jamoasining hozirgi sport formasi va Angliya Premer-ligasidagi chempionlik imkoniyatlari borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Sobiq futbolchining ta'kidlashicha, joriy mavsumda Arsenal kuchli o'yin ko'rsatmoqda va bu ularning Premer-liga g'olibligiga da'vogarlik qilishiga imkon beradi.

Germaniyalik futbolchining fikricha, jamoada kuchli salohiyat bor va ular Angliyadagi eng barqaror klublardan biri sifatida o'zini namoyon qilmoqda. "Umid qilamanki, Arsenal bu mavsumda chempionlikni qo'lga kiritadi — jamoaning bunga yetarli resurslari bor.

Hozir ular ayniqsa himoyada juda ishonchli ko'rinmoqda. Men Tottenhamga qarshi o'yinni tomosha qildim va bu o'yindagi 4:1 hisobidagi g'alaba butunlay munosib edi.

Jamoa juda yaxshi o'ynadi va hujumda turli futbolchilar xavf tug'dirishni uddalashmoqda", — dedi Podolski Bavariya matbuot xizmatiga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, bugun Arsenal va Bavariya Chempionlar Ligasi doirasida kuch sinashadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.