Bavariya mavsumdagi ilk magʻlubiyatini qabul qildi

Bavariya mavsumdagi ilk magʻlubiyatini qabul qildi
Londondagi "Arsenal" jamoasi "Bavariya"ning magʻlubiyatsiz seriyasiga barham bera oldi. Chorshanba kuni Angliya poytaxtida boʻlib oʻtgan Chempionlar ligasi bahsida "kanonirlar" 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Mezbonlar safida Yurien Timber, Noni Madueke va Gabriel Martinelli gol muallifi boʻlishdi. Mehmonlarning yagona toʻpini Lennart Karl kiritdi.

Vensan Kompani boshchiligidagi "Bavariya" uchun bu mavsumdagi birinchi magʻlubiyat boʻldi. Avvalgi 18 uchrashuvda myunxenliklar 17 gʻalaba qozonib, bir bor durang oʻynagan edi.

"Bavariya"ning navbatdagi raqibi "Sankt-Pauli" boʻladi. Germaniya chempionatining 12-turida boʻlib oʻtadigan bu uchrashuv shanba, 29-noyabr kuni oʻtkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.