Arne Slot ishdan boʻshashdan xavotirda emas

Arne Slot ishdan boʻshashdan xavotirda emas
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi doirasida PSVga qarshi oʻyinda 1:4 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng ishdan boʻshatilish ehtimoli haqida gapirdi. "Qizillar" ketma-ket uchinchi oʻyinda yirik hisobda magʻlub boʻlishdi.

Ushbu muvaffaqiyatsizliklar niderlandiyalik murabbiyga boʻlgan bosimni oshirgan boʻlsa-da, u oʻzini xotirjam tutmoqda. "Yoʻq, men [ishdan boʻshatilish ehtimoli] haqida xavotirlanmayapman.

Men boshqa narsalarga eʼtibor qaratganman va ishda qolish haqida oʻylamayapman", – dedi Slot The Touchline nashriga bergan intervyusida. "Liverpul" Chempionlar ligasi umumiy bosqichida 13-oʻrinda, Angliya Premer-ligasida esa 12-oʻrinda joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.