Liverpul Arne Slotni ishdan bo'shatishi mumkin

Liverpul Arne Slotni ishdan bo'shatishi mumkin
Liverpul jamoasi Chempionlar ligasida PSVga 1:4 hisobida yutqazganidan so‘ng bosh murabbiy Arne Slotni ishdan bo‘shatish masalasini ko‘rib chiqmoqda. "Qizillar" uchinchi o‘yinda ketma-ket yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Indykaila News xabariga ko‘ra, payshanba kuni klub rahbariyati ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazilib, jamoaning muammolari muhokama qilinadi. Manbaga ko‘ra, Liverpul rahbariyati keskin choralar ko‘rishga, jumladan, niderlandiyalik murabbiyni darhol iste’foga chiqarishga tayyor.

Endigina yil oxirigacha vaziyatni yaxshilash uchun vaqt berilishi aytilgan murabbiy rahbariyatning ishonchini yo‘qotgan. Klub rahbarlari murabbiy o‘z jamoasi liderlarining qo‘llab-quvvatlovini yo‘qotgan, deb hisoblamoqda.

Yakshanba kuni Liverpul Premer-liga doirasida Vest Xemga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.