Mbappe: Ronaldudan hali ancha orqadaman


Madridning \"Real\" klubi hujumchisi Kilian Mbappe sobiq klub yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan solishtirishlar borasida o\'z fikrini bildirdi. Chorshanba kuni fransiyalik futbolchi Gretsiyaning \"Olimpiakos\" klubiga qarshi o\'yinda poker qayd etib, yana bir bor \"Real\"ning va Chempionlar ligasi tarixining eng yaxshi to\'purari bilan taqqoslandi.
\"Ronaldu? \"Real\"da u erishgan darajaga yetish uchun hali uzoq yo\'lni bosib o\'tishim kerak\", – dedi 26 yoshli hujumchi Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida.
Kilian Mbappe joriy Chempionlar ligasi mavsumida eng yaxshi to\'purarlar ro\'yxatida ishonchli peshqadamlik qilmoqda. U guruh bosqichidagi besh o\'yinda 9 ta gol kiritishga muvaffaq bo\'lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













