Liverpul 10-magʻlubiyatini qabul qildi

Liverpul 10-magʻlubiyatini qabul qildi
Angliyaning "Liverpul" jamoasi ketma-ket magʻlubiyatlar seriyasini davom ettirmoqda. Bu safar jamoa "Enfild" stadionida Gollandiyaning PSV jamoasiga qarshi oʻyinda kutilmaganda yengildi va PSV uch ochkoni osonlikcha qoʻlga kiritdi.

"Liverpul" uchun bu magʻlubiyat joriy mavsumdagi oʻninchisi boʻldi, holbuki yil hali noyabr oyida. Agar "Liverpul" 30-noyabr kuni "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvda ham magʻlub boʻlsa, klub uchun achchiq rekord yangilanadi.

Klub tarixida faqat 1953/1954-yilgi mavsumda noyabr oyining oxiriga qadar 11 magʻlubiyat qayd etilgan edi. Oʻsha mavsumda "Liverpul" Angliya chempionati va Kubogida ishtirok etgan va natijada Birinchi diviziondan tushib ketgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.