Pirs Morgan Kimmixni tanqid qildi

Pirs Morgan Kimmixni tanqid qildi
Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan "Bavariya" futbolchisi Yozua Kimmixni Chempionlar ligasi oʻyinidan keyingi izohlariga keskin tanqid qildi. Oʻyin yakunida nemis futbolchisidan "Arsenal" hozirgi mavsumda "Bavariya" duch kelgan eng kuchli jamoa boʻlganmi, deb soʻrashdi.

Kimmix javobida londonliklar koʻproq standart holatlarga tayanishini aytib, "PSJ"ni "Bavariya" uchun eng murakkab raqib boʻlganini taʼkidladi va oʻsha oʻyin "haqiqiy futbolga koʻproq oʻxshagan"ini qoʻshimcha qildi. Bu soʻzlar Pirs Morganning keskin reaktsiyasini keltirib chiqardi.

Jurnalist ijtimoiy tarmoqlarda Kimmixning soʻzlarini qayta ulashib, uni "Arsenal" gʻalabasini past baholashga urinishda ayblab, futbolchini "qanday kulgili odam" deb atadi. Eslatib oʻtamiz, "Arsenal" chorshanba kuni "Bavariya"ni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.