Mikhail Mudrik yolgʻon detektoridan oʻtdi

Mikhail Mudrik yolgʻon detektoridan oʻtdi
Ukrainalik futbolchi Mixail Mudrik uzoq vaqt davomida dopingtahlil natijalaridagi muvaffaqiyatsizlik sabab futbol oʻynamadi. Daily Mail xabariga koʻra, Mudrik avvalroq oʻz ixtiyori bilan yolgʻon detektorida testdan oʻtgan.

U hech qachon taqiqlangan moddalarni ataylab qabul qilmaganini isbotlashga intilgan. Mudrikning organizmiga meldoniy qanday tushgani hali ham nomaʼlum boʻlib qolmoqda.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, bu holat Ukraina terma jamoasida boʻlganida yuz bergan. Mahalliy Futbol Assotsiatsiyasi xodimlarining aybsizligini taʼkidlamoqda.

Daily Mail jurnalistlari Ukraina Futbol Assotsiatsiyasi rahbari Andrey Shevchenkodan izoh soʻrashgan, biroq javob ololmaganlar. "Chelsi" safida oʻtkazgan 73 uchrashuvda Mudrik 10 ta gol urib, 11 ta golli pas bergan.

Shu bilan birga, Goal portali ukrainalik futbolchidan uzr soʻragan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.