Slot futbolchilar holati haqida gapirdi

Slot futbolchilar holati haqida gapirdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoa tarkibidagi bir nechta futbolchilarning sogʻligʻi yuzasidan izoh berdi. "Virts ertaga reabilitatsiyaning soʻnggi kunini oʻtkazadi.

Agar hammasi yaxshi oʻtsa, shanba kuni u jamoa bilan mashgʻulotlarga qoʻshiladi. Alisson bugun jamoa bilan mashgʻulot oʻtkazdi.

Umid qilamizki, u dam olish kunlari oʻyinga tayyor boʻladi. Ekitike bugun tiklanish jarayonini oʻtkazdi.

Uning jarohati jiddiy emas, deb oʻylaymiz", - dedi Slot matbuot anjumanida. Eslatib oʻtamiz, Ugo Ekitike "Liverpul"ning PSVga qarshi oʻyinida (1:4) almashtirilgan edi.

Mersisaydliklarning keyingi oʻyini 30-noyabr kuni "Vest Xem"ga qarshi boʻlib oʻtadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.