Lautaro Martines Chempionlar Ligasi tarixida ikkinchi oʻrinda

Lautaro Martines Chempionlar Ligasi tarixida ikkinchi oʻrinda
Yevropa futbolida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Milanning "Inter" klubi Madridga safar qildi va mahalliy "Atletiko" jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Ushbu oʻyin Italiya klubining sardori, argentinalik hujumchi Lautaro Martines uchun Chempionlar Ligasidagi 62-uchrashuv boʻldi. Shu koʻrsatkich bilan u "Inter" safida Esteban Kambyassoga yetib oldi, chunki Kambyassoning ham hisobida 62 oʻyin bor.

Endi faqat birgina argentinalik futbolchi - Xavyer Zanetti undan oldinda turibdi. Zanetti "Inter" safida Chempionlar Ligasida 97 uchrashuv oʻtkazgan.

Eslatib oʻtamiz, Lautaro Martines 2018 yildan buyon Milan klubida toʻp surib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.