PSJ Markus Reshfordni sotib olmaydi

PSJ Markus Reshfordni sotib olmaydi
Barselona klubi qanot hujumchisi Markus Reshfordning Parij Sen-Jermen jamoasiga o'tishi kutilmayapti. "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan Reshford bu yozda "qizil iblislar" safini rasman tark etishi mumkin.

Barselona futbolchini 30 million yevro evaziga sotib olish huquqiga ega bo'lib, asosiy da'vogar hisoblanmoqda. Shuningdek, PSJ ham Reshfordni qo'lga kiritmoqchi ekani haqida mish-mishlar tarqalgan, ammo Angliyadagi manbalarga ko'ra, bu ma'lumot tasdiqlanmagan.

Jurnalist Ben Jeykobzning xabar berishicha, fransuz klubi 2026-yilga kelib universal hujumkor futbolchini qo'shmoqchi, biroq Reshford PSJning maqsadlar ro'yxatida yo'q. Joriy mavsumda Markus Reshford Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa safida 17 uchrashuvda 6 gol urib, 9 golga assistentlik qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.