Ronaldu Ispaniyaning MMA ligasiga sarmoya kiritdi

Ronaldu Ispaniyaning MMA ligasiga sarmoya kiritdi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yana bir istiqbolli loyihaga sarmoya kiritdi — Ispaniyaning UFC ligasiga, ya'ni MMA (aralash jang san'ati)ning mahalliy analogiga. 2019-yilda tashkil etilgan Ispaniya ligasi qisqa vaqt ichida katta mashhurlikka erishdi, natijada Ronaldu ushbu loyiha istiqbolli ekanini ko'rib, uning aksiyadori bo'lishga qaror qildi.

“MMA aynan men yaxshi ko'radigan va ishonadigan narsalarni aks ettiradi — intizom, hurmat, chidamlilik va mukammallikka intilish”, — dedi Ronaldu. Seriya tashkilotchilari Ronaldu bilan kelishuvni tasdiqlab, afsonaviy hujumchi ushbu seriyaning rivojlanishiga va millionlab insonlarning hayotini yaxshilashga yordam berishini ta'kidlashdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.