Tomori Ronalduni qanday to'xtatganini esladi

Tomori Ronalduni qanday to'xtatganini esladi
“Milan” markaziy himoyachisi Fikayo Tomori Krishtianu Ronaldu bilan bo'lgan dueli haqida so'zlab berdi. Ingliz himoyachisi va portugaliyalik hujumchi 2020/21 yilgi mavsum oxirida, Ronaldu “Yuventus” safida o'ynab yurgan vaqtda to'qnash kelishgan.

O'sha o'yinda Tomori yulduz futbolchini to'xtata olgan va “rossoneri” 3:0 hisobida g'alaba qozongan. “Uchrashuvdan oldin o'zimga: ‘Bugun Ronalduga gol urishga yo'l qo'ymayman’, deb aytdim.

Qandaydir tarzda bosimdan qutulishga muvaffaq bo'ldim. Ronaldu o'z faoliyati davomida shunchalik ko'p gol urgan-ki, agar men uni to'xtata olmagan bo'lsam ham, hech kim hayron qolmasdi.

Muhimi, unga to'pni birinchi bo'lib tegizish imkonini bermaslik edi – aks holda hammasi tamom bo'lardi,” – deydi Tomori, uning so'zlarini Italiya matbuoti keltiradi. Ma'lumki, Krishtianu Ronaldu 2021 yilda “Yuventus”ni tark etib, “Manchester Yunayted”ga o'tgan edi.

2023 yil boshidan esa portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida o'ynamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.