Adrian Rabio: "Leau ancha rivojlandi"

Adrian Rabio: "Leau ancha rivojlandi"
Fransuz yarim himoyachisi Adrian Rabio Italiya chempionatiga qaytdi va Rafael Leau soʻnggi vaqtlarda sezilarli darajada oʻsganini taʼkidladi. Rabioning aytishicha, u "Yuventus"da oʻynagan vaqtlari bilan solishtiradigan boʻlsa, Leau "Milan"da ilk qadamlarini qoʻygan davrga nisbatan jiddiy oʻzgarishlarga erishgan.

"U mashgʻulotlarda juda koʻp mehnat qilmoqda. Hujum bilan birga himoyada ham zoʻr ishlamoqda.

Bunday isteʼdodning oʻz mehnatidan uyalmasdan harakat qilishi yoqimli. "Yuventus"dagi davrim bilan solishtirsam, u jiddiy oʻsdi", – dedi Rabio pianetamilan.it nashriga.

Eslatib oʻtamiz, Rafael Leau 2019-yildan beri Italiyada toʻp surmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.