Ter Shtegen "Barselona"ni tark etishi mumkin

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qishki transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda. Mundo Deportivo xabariga koʻra, germaniyalik darvozabon oʻzgarishlar kiritish zaruriyatini tushunib yetgan.
Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uni asosiy tarkibga qaytarishni rejalashtirmayapti, bu esa 33 yoshli futbolchining yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatidan chetda qolish xavfini oshiradi. Mundialda qatnashish uchun Ter Shtegen yangi jamoa topishi kerak boʻladi.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, turk klublari unga qiziqish bildirmoqda, ammo “Barselona” hali rasman taklif olgani yoʻq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uni asosiy tarkibga qaytarishni rejalashtirmayapti, bu esa 33 yoshli futbolchining yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatidan chetda qolish xavfini oshiradi. Mundialda qatnashish uchun Ter Shtegen yangi jamoa topishi kerak boʻladi.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, turk klublari unga qiziqish bildirmoqda, ammo “Barselona” hali rasman taklif olgani yoʻq.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













