Real Madrid Konateni qoʻlga kiritmoqchi

Real Madrid Konateni qoʻlga kiritmoqchi
Madridning "Real" klubi "Liverpul"ning markaziy himoyachisi Ibraima Konateni erkin agent sifatida oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Fransiyalik futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

TEAMtalk nashrining xabariga koʻra, "Real" rahbariyati mavsum yakunida futbolchini oʻz jamoasiga jalb qilishiga ishonmoqda. Shu bilan birga, "Liverpul" rahbariyati yangi shartnoma boʻyicha muzokaralar jarayonidan mamnun.

Soʻnggi uchrashuvlar "umidli" oʻtgan. Ibraima Konate madridliklar uchun transfer bozoridagi ustuvor maqsad boʻlib qolmoqda, garchi u joriy mavsumda unchalik yorqin oʻyin koʻrsata olmagan boʻlsa-da.

26 yoshli futbolchiga "Bavariya" va "PSJ" ham qiziqish bildirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.