Pol Skoulz MYU uchun yarim himoyachini tanladi

Pol Skoulz MYU uchun yarim himoyachini tanladi

Pol Skoulz MYU uchun yarim himoyachini tanladi
Manchester Yunaytedning afsonaviy sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoa uchun qaysi yarim himoyachini ko\'rishni istashini aytib o\'tdi. \"Qizil iblislar\"ning transfer maqsadlari ro\'yxatida \"Brayton\"dan Karlos Baleba, \"Nottingem Forest\"dan Elliot Anderson va \"Kristal Pelas\"dan Adam Uorton bor.

Skoulzning tanlovi so\'nggi nomzod – Adam Uorton ustida to\'xtadi: \"Ehtimol, men Uortonni tanlardim\", – deydi mankunianliklarning sobiq yulduz yarim himoyachisi Sky telekanaliga bergan intervyusida. Transfermarkt portali ma\'lumotiga ko\'ra, 21 yoshli Karlos Baleba va Adam Uortonning transfer qiymati 60 million yevroga teng, 23 yoshli Elliot Anderson esa 45 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.