Luis Alberto: Milan chempionlikka tayyor

Italiya chempionatining navbatdagi turida Rimning "Latsio" jamoasi "Milan"ga qarshi maydonga tushadi. "Latsio"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Luis Alberto Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoani chempionlik uchun asosiy daʼvogar deb hisoblaydi.
"Milan" derbida gʻalaba qozondi, bu ular uchun muhim qadam boʻldi. "Milan"ning yarim himoyasi juda kuchli: Modrich toʻpni ajoyib boshqaradi, shuningdek, Fofana, Loftus-Chik va Rabio kabi futbolchilar bor.
Hujum chizigʻi ham yuqori sifatga ega, u yerda Pulisich va Leau oʻynaydi (haqiqatan, Pulisich "Latsio"ga qarshi oʻyinda maydonga tushmaydi - tahr.). Menimcha, "Milan" chempionlik uchun asosiy daʼvogar", - deydi Luis Alberto pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
"Milan" oxirgi marta 2022 yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Milan" derbida gʻalaba qozondi, bu ular uchun muhim qadam boʻldi. "Milan"ning yarim himoyasi juda kuchli: Modrich toʻpni ajoyib boshqaradi, shuningdek, Fofana, Loftus-Chik va Rabio kabi futbolchilar bor.
Hujum chizigʻi ham yuqori sifatga ega, u yerda Pulisich va Leau oʻynaydi (haqiqatan, Pulisich "Latsio"ga qarshi oʻyinda maydonga tushmaydi - tahr.). Menimcha, "Milan" chempionlik uchun asosiy daʼvogar", - deydi Luis Alberto pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
"Milan" oxirgi marta 2022 yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













