Perez Xabi Alonsoga Vinius haqida ko'rsatma berdi

Perez Xabi Alonsoga Vinius haqida ko'rsatma berdi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Perez jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan suhbat o'tkazdi. "Cadena SER" efirida jurnalist Manu Karreno xabar berishicha, Perez Alonso bilan suhbat davomida yulduz futbolchi Vinius Juniorning noroziligini oldini olishni maslahat bergan.

"Agar sizda "Real"da Vinius bor bo'lsa, uning g'azablanishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Prezident Perez buni Alonsoga tushuntirdi.

Futbolchilar klubning aktivlari, murabbiy esa emas", - dedi Karreno efirda. Maʼlumki, bir oy avval Vinius "Barselona"ga qarshi o‘yinda almashtirilganidan g‘azablanib, qattiq munosabat bildirgan edi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida Vinius va Alonso o'rtasidagi ishchi munosabatlardagi muammolar sababli braziliyalik hujumchi shartnomasini uzaytirishni istamayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan. Viniusning joriy shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.