Laporta "Real" va Tebas o'rtasidagi ziddiyat haqida

Laporta "Real" va Tebas o'rtasidagi ziddiyat haqida
“Barselona” prezidenti Joan Laporta Madridning “Real” klubi va La Liga rahbari Xavyer Tebas o‘rtasidagi munosabatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Madridning “qirollik klubi” ko‘pincha La Liga rahbariyatini ochiq tanqid qiladi.

Biroq, Xavyer Tebas bir necha bor bolaligidan “Real” muxlisi bo‘lganini tan olgan. “Tebas – o‘z ishini sevuvchi va halol inson.

Bizning u bilan munosabatlarimiz odatiy. Ammo “Real”ni olib qarasak, ular La Liga bilan doimiy ravishda ziddiyatda.

Ular Tebasni isteʼfoga chiqarib, uning o‘rniga boshqa biror kishini tayinlashga intilishmoqda”, – dedi Laporta “Managing Barca” nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 13-turdan so‘ng yetakchilik qilmoqda.

“Ko‘k-anorranglilar” esa bir ochko farq bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.