La Liga, 14-tur: "Xetafe" o'z uyida "Elche"ni taslim qildi

La Liga, 14-tur: "Xetafe" o'z uyida "Elche"ni taslim qildi

La Liga, 14-tur: "Xetafe" o'z uyida "Elche"ni taslim qildi
Ispaniya chempionatining 14-turidagi ilk uchrashuv juma oqshomida boʻlib oʻtdi. Unda \"Hetafe\" oʻz maydonida \"Elche\"ni qabul qildi.

Mezbonlar toʻpni koʻp nazorat qilmagan boʻlsa-da, hujumlarni samarali yakunlashda ustunlik qildi. Uchrashuvning 56-daqiqasida Mauro Arambarri hisobni ochdi va bu gol oʻyindagi yagona gol boʻlib qoldi.

Yakunda tablodagi 1:0 hisob oʻzgarmay qoldi. \"Hetafe\" ushbu gʻalaba bilan uch ochkoni qoʻlga kiritib, yettinchi oʻrinda qolgan holda Yevropa musobaqalari zonasiga yaqinlashdi.

\"Elche\" esa 12-oʻrindan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.