Fernando Torres: Men Klopp futboliga oshiqman

Fernando Torres: Men Klopp futboliga oshiqman
Sobiq ispan hujumchisi Fernando Torres Yurgen Kloppni o'zining sevimli murabbiyi deb bilishini tan oldi. Uning fikricha, nemis mutaxassisi tomonidan jamoalarga singdirilgan futbol uslubi juda yoqimli.

"Luis Aragones – men uchun futbol sohasida eng ko'p narsa qilgan murabbiy. Ammo Yurgen Klopp mening mukammal murabbiy haqidagi tasavvurimga to'liq mos keladi.

Unda ideal murabbiyda bo'lishi kerak bo'lgan barcha fazilatlar mujassam. Uning jamoalari aynan menga yoqadigan futbolni o'ynaydi, ayniqsa, ingliz futbolidagi o'ziga xos dinamikani hisobga olsak," – deydi Torres derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Fernando Torres Angliyada "Chelsi" va "Liverpul" klublarida to‘p surgan, biroq Klopp bilan birga ishlash imkoniga ega bo‘lmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.