Fernando Torres "Atletiko" bosh murabbiyi boʻlishni xohlaydi

Fernando Torres "Atletiko" bosh murabbiyi boʻlishni xohlaydi
Sobiq ispan hujumchisi Fernando Torres hozirda "Atletiko"ning yoshlar jamoasini boshqarib, kelajak avlodni tarbiyalash bilan shugʻullanmoqda. Torres kelgusida "Atletiko"ning asosiy jamoasi bosh murabbiyi boʻlish istagini yashirmaydi.

Ayni vaqtda jamoani 15 yildan buyon Diego Simeone boshqarmoqda. "Albatta, bir kun kelib ushbu lavozimga tanlanishimni umid qilaman.

Agar imkoniyat tugʻilsa, bu mening mehnatimning natijasi boʻladi. Hozir esa, "Atletiko" muxlislari mening hozirgi faoliyatimdan mamnun ekanligini his qilaman", - deydi Torres derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.

Hozirda "Atletiko" La Ligada toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.