Nottingem Forest yulduzini yanvarda sotmaydi

Nottingem Forest yulduzini yanvarda sotmaydi

Nottingem Forest yulduzini yanvarda sotmaydi
Nottingem Forest yarim himoyachisi Elliot Anderson qishki transfer oynasida klubni tark etishi dargumon. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 23 yoshli yarim himoyachiga Arsenal, Chelsi, Nyukasl, Aston Villa, Manchester Yunayted va Liverpul kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Biroq Forest rahbariyati yanvar oyidagi takliflarni rad etishni rejalashtirmoqda.

Klub Andersonning narxini taxminan 114 million yevro deb belgiladi va bu summa potentsial xaridorlarni qoʻrqitishi kutilmoqda. Joriy mavsumda Anderson barcha musobaqalarda 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.