Barselona Goncalo Inasiuni kuzatmoqda

Barselona Goncalo Inasiuni kuzatmoqda
Sporting markaziy himoyachisi Goncalo Inasiu Barselonaning transfer roʻyxatida boʻlib turibdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbalarga koʻra, "koʻk-anorranglilar" 24 yoshli portugaliyalik futbolchining oʻyinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq Barselonada davom etayotgan moliyaviy muammolar sababli, qishda ushbu transferni amalga oshirish juda qiyin boʻlishi mumkin.

Joriy mavsumda Inasiu barcha turnirlar doirasida 19 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Inasiuning Sporting bilan mehnat shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchini 45 million yevroga baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.