Mane: Ronalduga o‘xshagan o‘yinchini ko‘rmaganman

Mane: Ronalduga o‘xshagan o‘yinchini ko‘rmaganman
Al-Nasr hujumchisi Sadio Mane jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Senegallik hujumchi va portugaliyalik yulduz 2023 yilning yozidan buyon Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida birga to‘p surib kelmoqda.

"Ronaldu — dunyo bo‘ylab har bir futbolchi uchun o‘rnak bo‘la oladigan shaxs. Men hech qachon unga o‘xshagan o‘yinchini ko‘rmaganman, bu borada shubha yo‘q", — deya taʼkidladi sobiq "Liverpul" forvardi Rio Ferdinandga bergan intervyusida.

"Al-Nasr" Mane va Ronaldu bilan Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida yetakchilik qilmoqda — jamoa 8 ta turdan so‘ng maksimum 24 ochko to‘plagan. Yakshanba kuni Riyod klubi o‘z maydonida "Al-Xalij"ga qarshi bahs olib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.