Mateta Seriya A klublarini qiziqtirdi

Kristal Pelas jamoasining markaziy hujumchisi Jan-Filipp Mateta bir nechta klublarning eʼtiborini tortdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Seriya A va APL klublari radariga tushgan. Ayniqsa, italiyalik Rossonerilar — Milan klubi Matetaga qiziqish bildirgan va qishki transfer oynasida Kristal Pelasga rasman taklif bildirishni rejalashtirmoqda.
Mateta 2022-yildan buyon Kristal Pelas safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi 21 o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 35 million yevro deb baholagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Seriya A va APL klublari radariga tushgan. Ayniqsa, italiyalik Rossonerilar — Milan klubi Matetaga qiziqish bildirgan va qishki transfer oynasida Kristal Pelasga rasman taklif bildirishni rejalashtirmoqda.
Mateta 2022-yildan buyon Kristal Pelas safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi 21 o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 35 million yevro deb baholagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













