Ziko: "Ronaldu 2000 gol urishini istayman"

Ziko: "Ronaldu 2000 gol urishini istayman"

Ziko: "Ronaldu 2000 gol urishini istayman"
Braziliyalik afsonaviy sobiq futbolchi Ziko Saudiya Arabistonining \"Al-Nassr\" jamoasida o‘ynayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. 40 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi gollar sonini mingtaga yetkazishni maqsad qilgan.

Hozirda u 953 ta golga ega. \"Odamlar uni faqat gol uruvchi sifatida ko‘rishadi, lekin u 40 yoshida ham ko‘plab boshqa futbolchilardan ko‘ra ko‘proq harakat qiladi.

Umid qilamanki, u 2000 ta gol uradi. Men uchun u ibrat namunasi.

U jarohat olmaydi, mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaydi va tungi hayot bilan shug‘ullanmaydi. Agar men bugungi kunda futbolchilik faoliyatimni boshlagan bo‘lganimda, Krishtianu mening ideal namuna bo‘lardi.

Afsuski, men hali ham u bilan shaxsan tanishmaganman\", dedi Ziko \"Al Nassr Zone\" nashriga. Yakshanba kuni \"Al-Nassr\" Saudiya Arabistoni chempionati doirasida \"Al-Xalij\"ni o‘z maydonida qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.