Aguero: «Barselona» tarixidagi eng muhim o‘yinchi

Aguero: «Barselona» tarixidagi eng muhim o‘yinchi
«Manchester Siti» va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero vatandoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi. Hozirda Messi MLSda «Inter Mayami» safida to‘p surmoqda.

«Leo katalon klubining tarixidagi eng muhim futbolchidir. Messi «Barselona»ning afsonasidir.

Ishonchim komilki, yangilangan «Kamp Nou»ga qaytganida u zavq his qilgan. O‘ylaymanki, ularning hikoyasi hali tugamagan», — deydi Aguero Stake platformasiga bergan intervyusida.

Messi «Barselona»ning akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U birinchi jamoa safida 2005 yildan 2021 yilgacha o‘ynagan.

Hozirda futbolchining «Inter Mayami» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.