Spalletti matbuot anjumanida qatnashmaydi

Yuventus bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya chempionatining navbatdagi turi doirasida "Kalyari"ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida qatnashmaydi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio sayti xabar berdi.
Mazkur holatning sababi Italiya jurnalistlari tomonidan o‘tkazilayotgan yirik norozilik namoyishidir. Avvalroq jurnalistlar hukumatdan maoshlarni oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bir qator choralarni ko‘rishni talab qilgan edi.
A Seriyaning 12-turidan so‘ng "Yuventus" 20 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda. "Kalyari" esa 11 ochko to‘plagan holda 14-o‘rinni egallab turibdi.
So‘nggi beshta o‘zaro uchrashuvda "Yuventus" 3 marta g‘alaba qozongan, yana 2 uchrashuv durang bilan yakunlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mazkur holatning sababi Italiya jurnalistlari tomonidan o‘tkazilayotgan yirik norozilik namoyishidir. Avvalroq jurnalistlar hukumatdan maoshlarni oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bir qator choralarni ko‘rishni talab qilgan edi.
A Seriyaning 12-turidan so‘ng "Yuventus" 20 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda. "Kalyari" esa 11 ochko to‘plagan holda 14-o‘rinni egallab turibdi.
So‘nggi beshta o‘zaro uchrashuvda "Yuventus" 3 marta g‘alaba qozongan, yana 2 uchrashuv durang bilan yakunlangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













