Tramp Ronalduni tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atadi

Tramp Ronalduni tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atadi
AQSh Prezidenti Donald Tramp portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan Oq uyda uchrashuv oʻtkazdi. Siyosatchi, Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida oʻynayotgan 40 yoshli hujumchi haqida qisqacha fikr bildirdi.

"Ronalduni futbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchi deb hisoblayman", – deya Trampning soʻzlarini Fox News ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi. Eslatib oʻtamiz, Krishtianu Ronaldu 2023-yil yanvaridan boshlab Saudiya Arabistoni chempionatida toʻp surmoqda.

40 yoshli hujumchining "Al-Nasr" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida nihoyasiga yetadi. Joriy mavsumda Ronaldu mamlakat chempionatida sakkizta uchrashuvda qatnashib, toʻqqizta gol urdi va bir marta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.