Shesni: 2008 yilgi jarohat qoʻlimni ogʻritadi

Shesni: 2008 yilgi jarohat qoʻlimni ogʻritadi
Polshalik darvozabon Voytsex Shesni 2008 yilda olgan jarohati sababli hali ham qoʻlida ogʻriq his qilayotganini tan oldi. Oʻsha paytda u Londonning "Arsenal" klubi safida toʻp surayotgan edi.

Jarohati tufayli Shesniga operatsiya oʻtkazilib, qoʻl suyaklarini birlashtirish uchun ikkita metall plastinka implantatsiya qilingan. "Baʼzi paytlarda qoʻlim ogʻrib, sezgirligini yoʻqotadi.

Hatto bunday vaqtlarda oddiy chashkani ushlash ham qiyin boʻlib qoladi," - deydi Shesni derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida. Ayni paytda polshalik posbon "Barselona" klubi sharafini himoya qilmoqda.

U avvalroq Italiyada "Yuventus" va "Roma" jamoalarida oʻynagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.