Lion moliyaviy yo'qotishlarga duchor bo'ldi

Lion moliyaviy yo'qotishlarga duchor bo'ldi

Lion moliyaviy yo'qotishlarga duchor bo'ldi
Fransiyaning \"Lion\" klubi moliyaviy yilni katta yo\'qotishlar bilan yakunladi. Bu haqda L\'Équipe nashri xabar berdi.

28-noyabr kuni klubning 2024-2025 moliyaviy yiliga oid hisobotlari e\'lon qilindi. Hisobotga ko\'ra, klub 201,2 million yevro yo\'qotgan, bu o\'tgan yilga nisbatan 176 million yevroga ko\'proqdir.

Eslatib o\'tamiz, o\'tgan yozda \"Lion\" moliyaviy muammolar sababli quyi ligalarga tushib ketish arafasida edi va rahbariyat o\'zgarishiga duch keldi. Shundan so\'ng, klub boshqaruv tizimi butunlay qayta tashkil etildi, umumiy ish haqi miqdori va investitsiyalar kamaytirildi.

Jamoa Yevrokuboklarda ishtirok etish huquqini jarima evaziga saqlab qoldi. Shu bilan birga, klubning keyingi yillardagi musobaqalarda qatnashishi uchun umumiy moliyaviy defitsit 60 million yevrodan oshmasligi kerak.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.