43 soniyada gol: "Barselona"ning 2 yillik antirekordi

"Barselona" La Liga doirasidagi "Alaves"ga qarshi uy uchrashuvini muvaffaqiyatsiz boshladi. Uchrashuvning 43-soniyasidayoq Pablo Ibanes tomonidan gol urildi.
Opta maʼlumotlariga koʻra, bu "Barselona"ning soʻnggi ikki yil ichida Ispaniya chempionatida oʻz darvozasiga kiritilgan eng tezkor goli boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, 2023-yilning 12-noyabrida ham kataloniyaliklar "Alaves"ga qarshi oʻyin davomida oʻz maydonida gol oʻtkazib yuborishgan edi.
Oʻshanda gol 17-soniyada urilgan edi. Lekin "koʻk-anorranglilar" oʻsha oʻyinda Robert Levandovskining dubli evaziga 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan.
"Barselona" va "Alaves" oʻrtasidagi joriy oʻyinni LiveResult portali orqali matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin. Uchrashuvning 8-daqiqasida Lamin Yamal "Barselona" uchun hisobni tenglashtirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Opta maʼlumotlariga koʻra, bu "Barselona"ning soʻnggi ikki yil ichida Ispaniya chempionatida oʻz darvozasiga kiritilgan eng tezkor goli boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, 2023-yilning 12-noyabrida ham kataloniyaliklar "Alaves"ga qarshi oʻyin davomida oʻz maydonida gol oʻtkazib yuborishgan edi.
Oʻshanda gol 17-soniyada urilgan edi. Lekin "koʻk-anorranglilar" oʻsha oʻyinda Robert Levandovskining dubli evaziga 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan.
"Barselona" va "Alaves" oʻrtasidagi joriy oʻyinni LiveResult portali orqali matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin. Uchrashuvning 8-daqiqasida Lamin Yamal "Barselona" uchun hisobni tenglashtirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













