Maradonaning afsonaviy goli uchun esdalik tangasi chiqariladi

Maradonaning afsonaviy goli uchun esdalik tangasi chiqariladi
Kelasi yili 1986-yilgi Jahon chempionatining 40 yilligi nishonlanadi. Ushbu chempionat Argentinaning futbol ixlosmandlari uchun hanuzgacha faxr va quvonch manbai bo'lib kelmoqda.

Bu musobaqa Diego Maradona yulduzi porlagan turnir sifatida tarixda qolgan. Aynan shu chempionatda Maradona eng mashhur gollarini urgan, xususan, Angliya darvozasiga kiritilgan ikki golni.

Ulardan biri Jahon chempionatlari tarixidagi eng chiroyli gol sifatida eʼtirof etilgan bo'lsa, ikkinchisi eng bahsli bo'lgan. Argentina Markaziy banki mazkur tarixiy voqeani abadiylashtirish maqsadida Maradonaning ushbu goliga bagʻishlangan esdalik tangasi chiqarishga qaror qildi.

Bu haqda 30-oktyabr, yaʼni Maradonaning 65 yillik tugʻilgan kuni munosabati bilan e'lon qilindi. Tangalar 925-proba kumushdan tayyorlanib, 27 gramm ogʻirlikda boʻladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.